Jamiyat | 15:50 / 08.09.2015
5534
2 daqiqa o‘qiladi

Forbes yozning eng omadsiz filmlarini reytingini e'lon qildi

Forbes yozning eng omadsiz filmlarini reytingini e'lon qildi.
Ushbu ro‘yxatning boshidan “Kelajak yeri” kartinasi o‘rin oldi. 190 mln dollar byudjyetga ega kartina AQSh prokatida 92 mln, jahon bo‘yicha 206 mln dollar to‘play oldi.

Ro‘yxatga, shuningdek, “Fantastik to‘rtlik” filmi ham kirdi. Uning byudjyeti 120 mln dollarni tashkil qilganiga qaramay, AQShda 54 mln, jahon bo‘yicha 150 mln dollar to‘play oldi.
“Piksellar” filmi ham o‘ziga sarflangan pullarni oqlamadi. Uning byudjyeti 88 mln dollarni tashkil qiladi. Kartina AQShda 73 mln, jahonda 186 mln dollar to‘pladi.
Gay Richchining “A.N.K.L. agentlari” filmiga 75 mln dollar sarflangan edi.

U AQShda 40 mln, jahonda 76 mln dollar to‘play oldi. Reytingga, shuningdek, “Riki va Flesh”, “Qochqin ofatijonlar”, “Aloxa” filmlari o‘rin oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish