Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Goldman Sachs: Rossiya kompaniyalari go‘yo neft narxi 100 dollar bo‘lib turganday daromad ko‘rmoqda
Rossiya neft kompaniyalarining aksiyalari joriy yilning boshidan buyon soliq manyovrlari va rubl kursi o‘zgaruvchanligi hisobiga ko‘pgina g‘arblik raqobatchilaridan bir qadar o‘zib keta oldi. Bu birjadagi savdolar ma'lumotlarida namoyon bo‘ldi.
MSCI All-Country World indeksi dinamikasi shuni ko‘rsatadiki, bu yilda jahon neft gaz tarmog‘i iqtisodiyotning boshqa sohalariga nisbatan ko‘proq ziyon ko‘rdi, lekin Rossiya kompaniyalari bu zarbalarga dosh bera oldi va foyda ko‘rishda davom etmoqda.
Jumladan, “Rosneft” aksiyalari London birjasida yil boshidan buyon 4 foizga, “GazProm”niki esa 0.27 foizga oshdi. Shu davr ichida Shell’ning V toifali aksiyalari narxi 26.5 foizga, VR toifali aksiyalari esa 16 foizga tushib ketdi.
Goldman Sachs tahlilchilarining e'tirof etishicha, “Rossiya kompaniyalari go‘yo neft narxi 100 dollar bo‘lib turganday daromad ko‘rmoqda”.