12:56 / 08.09.2015
2311

Istanbul politsiyasi olti kishini terrorizmda ayblab qo‘lga oldi

Turkiyaning Istanbul shahrida seshanba, 8 sentabr kuni erta tongdan terroristik tashkilotlar faoliyatida aloqadorlikda gumon qilinayotgan shaxslar yashash joylari bo‘ylab politsiya reydlari o‘tkazildi.
Haber Türk telekanalining xabar berishicha, operatsiya jarayonida olti kishi qo‘lga olingan.

Xavfsizlik boshqarmasining terrorizmga qarshi kurash bo‘limi va maxsus xizmatlar xodimlari o‘tkazgan reydlar megapolisning Osiyo qismidagi Kadikey va Chekmekey tumanlarida olib borildi.

Qo‘lga olinganlarning ikki nafari ayol kishi bo‘lib, ular tibbiy ko‘rik va so‘roq uchun maxsus qismga yuborilgan.

Huquq-tartibot organilari gumondorlar xonadonlarida tintuv ishlarini olib bormoqda. Operatsiyalar davom ettirilayotgani sababli qo‘lga olinuvchilar soni ortishi mumkin.

Top