Texnologiya | 01:23 / 08.09.2015
4444
1 daqiqa o‘qiladi

Adult Player dasturi foydalanuvchilarni yashirin tarzda suratga olgan

Kattalar uchun mo‘ljallangan Adult Player dasturi foydalanuvchilarni yashirin tarzda suratga olgan va smartfonga kirishni to‘sib qo‘ygan.

Adult Player foydalanuvchini old kameraga unga bildirmasdan suratga olgan. Shundan keyin dastur smartfon ekranini to‘sib, undan chiqib ketish uchun 500 dollar so‘ragan. Bu haqda internet-xavfsizligiga ixtisoslashgan Zscaler firmasi aytib berdi.

Ekspertlarning aytishicha, bunday tovlamachi-dasturlar borgan sari ommalashib ketmoqda. Bunday vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun turli yot manbalardan dasturlarni o‘rnatmaslik kerak.

Intel Security’ning Yevropadagi bosh texnik direktori Raj Samoniy firibgarlar foydalanuvchilarning uyat hissiga tayanishni xush ko‘radilar. Foydalanuvchining obro‘siga putur yetishi mumkin bo‘lgan vaziyatda nomaqbul axborotning internetda tarqab ketmasligi uchun u istalgan miqdordagi puldan voz yechishga tayyor turadi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish