Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR va Koreya respublikasi oktabr oyida ayriliqdagi oilalarni uchrashtiradi
Shimoliy va Janubiy Koreya davlatlari 2014 yilning fevralidan buyon ilk marta Koreya yarimorolidagi qarindoshlarning bir-birlaridan ayriliqda yashayotgani muammosiga qaytadi.
"Yonhap" axborot agentligida ma'lum qilinishicha, shu yilning 20 oktabridan 26 oktabrgacha bo‘lgan kunlar davomida KXDR hududidagi Kimgin tog‘lari yaqinida yuzta oila bir-biri bilan yuz ko‘rishadi.
Ma'lumot uchun, 1950-1953 yillarda bo‘lib o‘tgan urushdan so‘ng tuzilgan bitim Koreya yarimorolidagi 120 mingga yaqin oilani ajratib yuborgandi. 2000 yildan buyon bu oilalarning atigi 19 mingga yaqin a'zosi uchrashishga muvaffaq bo‘lishgan.