Jahon | 08:48 / 08.09.2015
2835
1 daqiqa o‘qiladi
Noma'lum shaxs Nyu-York shtati hokimining yordamchisini otib ketdi
Nyu-York shtati hokimining yordamchisi 43 yoshli Keri Gabay og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. The New York Times nashrining yozishicha, noma'lum shaxs uning boshiga o‘q uzgan.
Gabay Kings Kaunti gospital markaziga yotqizildi. Hokimning ma'lumot berishicha, uning ahvoli “uncha yaxshi emas”.
Aytilishicha, voqea AQShda mehnat kuni sharafiga o‘tkaziladigan paraddan bir necha soat oldin sodir bo‘lgan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.