Jahon | 20:48 / 08.09.2015
4184
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Moldaviya Rossiya harbiy attashesi bilan aloqalarni uzdi
Moldaviya tan olinmagan Pridnestrove Moldaviya Respublikasidagi paradda ishtirok etgani uchun Rossiya harbiy attashesi bilan aloqalarni uzdi, deb xabar bermoqda “Russkaya slujba novostey” axborot agentligi.
Qayd etilishicha, Kishinyovda bu harakatni “nodo‘stona qadam” deb atashdi. Moldaviya mudofaa vaziri Anatol Sharalu vazirlik Rossiya harbiy attashesidan uzr so‘ralishini yoki uning almashtirilishini kutib qolmoqda.
Harbiy attashe ismi-sharifi aniqlashtirilmadi.
Pridnestroveda 2 sentabrda tan olinmagan respublika tashkil topganining 25 yilligi munosabati bilan respublika tarixidagi eng katta miqyosdagi harbiy parad bo‘lib o‘tdi.