O‘zbekiston | 12:29 / 08.09.2015
2546
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Ostonadagi favqulodda holatlar bo‘yicha davlatlararo kengashda ishtirok etdi

Qozog‘iston poytaxti Ostonada bo‘lib o‘tgan favqulodda holatlar bo‘yicha davlatlararo kengashining 28-yig‘ilishida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.
Kengash ishida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf qilish hamda ularning oldini olish yo‘nalishidagi hamkorlikning keyingi istiqbollarini muhokama qilishdi. Xususan, bu borada MDH harbiy kuchlari korpusining qo‘shma o‘quvlarini o‘tkazish borasida kelishuvga erishildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish