Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin oktabrda Qozog‘istonga tashrif buyuradi
Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov Rossiya prezidenti Vladimir Putin oktabrda Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan kelishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “IA Novosti-Kazaxstan” axborot agentligi.
“Bizda prezidentlar, bosh vazirlar, vazirlar darajasida katta sondagi tashriflar belgilangan. Oktyabrda biz shuningdek, MDH sammiti va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitini o‘tkazamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rasmiy tashrifi kutilmoqda”, deb 8 sentabrda Qozog‘istonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari bilan o‘tgan matbuot anjumanida aytdi Idrisov.
Bungacha Qozog‘istonga Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko tashrif buyurishi rejalashtirilgan.