12:24 / 08.09.2015
1711

Qirg‘izistonda AQShning yangi elchisi Sheyla Guoltni ish boshladi

6 centyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga Amerika Qo‘shma Shtatlarining Qirg‘izistondagi elchisi lavozimiga kirishish uchun Sheyla Guoltni yetib keldi. Bu haqda AQShning Qirg‘izistondagi elchixonasi mabuot xizmati xabar berdi.

2014 yilda AQSh prezidenti Barak Obama Senatga AQShning Qirg‘iziston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida Sheyla Guoltni nomzodini taqdim etgan edi.

Sheyla Guoltni 1999-2001 yillar davomida AQShning Qirg‘iziston Respublikasdagi elchixonasida mas'ul lavozimlarda ish olib borgan. So‘nggi vaqtlarda esa AQShning Rossiyadagi elchixonasida faoliyat ko‘rsatgan.

Top