Jamiyat | 12:10 / 08.09.2015
2671
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonliklar oylik maoshining 5 foizi majburiy tibbiy sug‘urta uchun ushlab qolinadi

Ikki yildan so‘ng qozog‘istonliklar oylik maoshining 2 foizi ushlab qolinadi. Mazkur mablag‘lar majburiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobiga o‘tkaziladi. Keyinroq esa ushbu raqam 5 foizga qadar ko‘tariladi, deya xabar bermoqda 31-kanal.

“Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taraqqiyot vaziri Tamara Duysenovaga taqdim etildi.

Qozog‘istonda Yevropa konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan majburiy tibbiy sug‘urta instituti joriy etilib, mazkur jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Qoidaga binoan, 2017 yildan boshlab ish beruvchilar majburiy tarzda o‘z xodimlarining ish haqlaridan 2 foiz miqdorida ushlab qoladi. Keyingi 3 yilda esa ko‘rsatkich 5 foizga qadar oshiriladi.