Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Toshkentda o‘tkaziladigan yarmarkaning faxriy mehmoniga aylanadi
Oktyabr oyida Toshkentda o‘tkaziladigan “Ipak Yo‘lida turizm-2015” XXI xalqaro turistik yarmarkada Rossiya vakillari faxriy mehmon bo‘ladi. Bu haqda “O‘zbekturizm” milliy agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, ko‘rgazmaga Rosturizm rahbari Sergey Korneyev boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi tashrif buyuradi.
Umuman olganda, tadbirda Rossiyaning 25 kompaniyasi vakillari ishtirok etadi. Tadbir doirasida ularning O‘zbekiston turoperatorlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari tashkil etiladi.
Bugungi kunda 25 mamlakatning 400 kompaniyasi ko‘rgazmadagi ishtirokini ta'minlagan.