Jamiyat | 06:07 / 08.09.2015
2862
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada mansabdor shaxslarga 15 ming rubldan qimmatroq ishchi telefon sotib olish taqiqlab qo‘yildi

Rossiya hukumati saytida byudjyet mablag‘lariga sotib olinadigan mahsulot va xizmatlarning narxi bo‘yicha cheklov o‘rnatilgan hujjat chop etildi.

Endilikda federal davlat muassasasi rahbari yoki rahbar o‘rinbosari darajasidagi mansabdor shaxs davlat pullariga o‘ziga 15 ming rublgacha telefon xarid qila olishi mumkin. Shaxsiy avtomobil uchun belgilangan maksimal narx 2,5 mln rubldan oshmasligi kerak.

Shuningdek, mansabdor shaxs sotib olishi mumkin bo‘lgan mebel jihozlari ham keltirib o‘tildi: misol uchun, oliy darajadagi davlat xizmatchisi o‘ziga teri bilan qoplangan kursi sotib olishi mumkin, biroq undan pastroq lavozimda ishlaydigan uning hamkasbi faqatgina mato bilan qoplangan stul bilan cheklanib qoladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish