Jamiyat | 14:01 / 08.09.2015
2983
1 daqiqa o‘qiladi

Saakashvilini bosh vazir etib tayinlash haqidagi petitsiyani 25 ming kishi imzoladi

Ukraina prezidentining saytida joylashtirilgan, Odessa hokimi Mixeil Saakashvilini bosh vazir etib tayinlash haqidagi petitsiyani 25 ming kishi imzoladi. Bu haqda UNIAN agentligi xabar bermoqda.

Qoidaga ko‘ra, 25 ming ovoz to‘plagan petitsiyalar 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqilishi talab etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish