Jahon | 17:58 / 08.09.2015
1746
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung shtab-kvartirada 10 foiz xodimlarni qisqartiradi

Samsung shtab-kvartirasida ishlaydigan xodimlari sonini 10 foizga qisqartirmoqchi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Kompaniya, xususan, personal bilan ishlash, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limlari va moliyaviy departament xodimlarining sonini qisqartirmoqchi.
Shtab-kvartira xodimlarining miqdori 2015 yil 30 iyun holatiga ko‘ra 98.999 ming kishini tashkil qilar edi.
Yil boshidan buyon kompaniya aksiyalari narxi 15 foizga tushib ketdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish