Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentga AQShning kuchli tennischilari tashrif buyuradi
AQSh jamoasi sardori Jim Kure Devis Kubogining jahon guruhiga chiqish uchun O‘zbekistonga qarshi pley-off o‘yinlarida ishtirok etuvchi o‘z jamoasi tarkibini e'lon qildi.
2015 yilning 18-20 sentabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan pley-off bahslarida Jyek Sok (jahonning 22-raketkachisi), Sem Kuerri (27), Stiv Jonson (47) va Donald Yang (68) ishtirok etadi.
AQShning birinchi raqamli tennischisi Jon Izner (13) tizzasidan olgan jarohati tufayli O‘zbekistonga qarshi bahsda ishtirok eta olmaydi.
Qayd etish joizki, O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ATP reytingida 70-o‘rinni egallagan. Terma jamoamizning ana bir asosiy o‘yinchisi Farrux Do‘stov esa jahon reytingining 158-qatoridan o‘rin egallagan.