Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:14 / 08.09.2015
1782
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyada portlatib yuborilgan avtobusda halok bo‘lganlar soni 12 kishiga yetdi
Turkiyada portlatib yuborilgan avtobusda halok bo‘lganlar soni 12 kishiga yetdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun Armaniston chegarasidagi Ig‘dir viloyatida politsiyachilarni olib ketayotgan avtobus portlatib yuborildi. Uning ichida bo‘lgan 10 zobi halok bo‘lgani aytilgan edi. Endilikda qurbonlar soni 12 kishiga yetgani xabar qilinmoqda.
Yana 4 nafar politsiyachi og‘ir ahvolda.
Qo‘poruvchilik harakatini Kurdiston ishchi partiyasi amalga oshirgani aytilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish