Jahon | 15:44 / 08.09.2015
3432
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada portlatib yuborilgan avtobusda halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Turkiyada portlatib yuborilgan avtobusda halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun Armaniston chegarasidagi Ig‘dir viloyatida politsiyachilarni olib ketayotgan avtobus portlatib yuborildi. Uning ichida bo‘lgan 12 zobit halok bo‘lgani aytilgan edi. Endilikda qurbonlar soni 13 kishiga yetgani xabar qilinmoqda.
Yana 4 nafar politsiyachi og‘ir ahvolda.

Qo‘poruvchilik harakatini Kurdiston ishchi partiyasi amalga oshirgani aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish