Fan-texnika | 06:49 / 08.09.2015
3081
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina va Saudiya Arabistoni birgalikda transport samolyoti ishlab chiqarishga kelishib oldilar

Ukrainaning “Antonov” aviasozlik korxonasi Saudiya Arabistoni bilan yangi yengil ko‘p maqsadli An-132 transport samolyoti ishlab chiqarishga kelishib oldi, deb xabar bermoqda “UNIAN” agentligi.

Korxona prezidenti Mixail Gvozdev yangi samolyotning ilk nusxasini 2016 yilda tayyor bo‘lishiga va'da berdi.

“2016 yil oxirida bu samolyotni sinov parvozlariga topshirishni rejalashtirmoqdamiz. Bu ilk tajriba nusxasi bo‘ladi”, deb aytmoqda Gvozdev.

Kelishuvga binoan tomonlar 100 ta samolyot yaratishga kelishib oldilar.
An-132 dasturi direktori Aleksandr Xoxlovning aytishicha, samolyotlarni yig‘ishning yakuniy ko‘rsatkichlari hali aniqlashtirib olinmagan.

“Kooperatsion ishlab chiqarish sxemasi ko‘rib chiqiladi. Ehtimol, ilk samolyotlar Ukrainada yig‘ilib, Saudiya Arabistonida bo‘yaladi. Ehtimol, ular yirik agregatli yig‘ishni yo‘lga qo‘yishni istab qolishar va o‘z hududlarida to‘laqonli ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilishar”, deb aytmoqda Xoxlov.