Texnologiya | 15:28 / 08.09.2015
3307
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyalik mast erkak odam qiyofasidagi robotni do‘pposladi

Mast ahvoldagi yaponiyalik erkak ko‘rinishi odamdan ko‘p farq qilmaydigan Pepper ismli "hissiyotli" robot bilan mushtlashishga qaror qildi va uni "yengdi". Bu haqda Cnet nashrida xabar qilingan.

Ma'lum qilinishicha, bu voqea Softnet kompaniyasining ofislaridan birida yuz berdi. Bu o‘rinda voqea qahramoni o‘zini haqoratlashganidan keyin bor alamini robotdan olishga qaror qilgan. Manbaning yozishicha, Pepper bu zarbalardan keyin ishdan chiqqan.

Pepper "hissiyotli" robotlarning ilk namunasi edi. Bu robot tushkunlikka tushgan odamga taskin berish va uning kayfiyatini ko‘tarish uchun mo‘ljallab ishlab chiqilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish