Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zaxarova: AQSh va Yevropada Bashar Asad iste'foga chiqqan taqdirda ham, Suriyada tinchlik o‘rnatish uchun reja yo‘q
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova The New York Times nashriga bergan intervyusida AQSh va Yevropada, Suriya prezidenti Bashar Asad iste'foga chiqqan taqdirda ham, mamlakatda tinchlik o‘rnatish uchun hech qanday rejalar yo‘qligini ma'lum qildi.
“Rossiya Suriyaga terroristik tahdidlarga qarshi kurash olib borishi uchun ko‘mak ko‘rsatishda davom ettiradi. Biz ularni qo‘llab-quvvatlaymiz, yordam berganmiz va ko‘mak ko‘rsatishda davom ettiramiz”, – dedi rossiyalik diplomat.
Zaxarova Suriyaga ko‘rsatilayotgan harbiy yordam Putinning IShIDga qarshi kurash olib borayotgan tomonlar kuchlarining birlashtirilishi taklifiga mos kelishini hamda Moskva bu haqda Vashingtonni xabardor qilganini aytib o‘tdi.