O‘zbekiston | 21:52 / 09.09.2015
3057
1 daqiqa o‘qiladi

“Jizzax” maxsus industrial zonasida yana oltita loyiha ishga tushiriladi

“Jizzax” maxsus industrial zonasida o‘zbekistonlik tadbirkorlarning xorijiy investorlar bilan birgalikdagi 20 dan ko‘proq istiqbolli loyihalari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu loyihalar orasida elektronika, kompyuter butlovchi qismlari, quyosh va boshqa turdagi batareyalar, maishiy texnika, mashinasozlik va avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, farmatsevtika, tibbiyot, kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari bor.

Ayni paytda ulardan 6 tasi faoliyat yuritmoqda, yil oxirigacha yana oltita ishlab chiqarish korxonasini foydalanishga topshirish kutilmoqda.

Bugungi kungacha maxsus industrial zonada amalga oshirilgan loyihalarning umumiy miqdori 39 mln dollardan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Ushbu korxonalarda 300 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish