Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
17-19 sentabr kunlari "Bolalar kitobi" II respublika festivali o‘tkaziladi
17-19 sentabr kunlari Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida “Bolalar kitobi” II Respublika festivali o‘tkaziladi.
“Sog‘lom va ma'naviy yetuk avlod – yurt kelajagi!” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan mazkur festival doirasida bolalarga mo‘ljallangan turli janrdagi adabiy-badiiy asarlar, ilmiy-ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy hamda ensiklopedik yo‘nalishdagi kitoblar taqdimotlari, taniqli adib va shoirlar bilan uchrashuvlar, sovrinli viktorinalar, bolalar teatrlari, respublika qo‘g‘irchoq teatri artistlarining tomoshalari, san'at ustalari va yosh ijrochilarning konsertlari tashkil etiladi.
Festivalning asosiy tadbirlari 17-19 sentabr kunlari Toshkent shahrining G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tadi.
17 sentabr kuni soat 16:00 da “Turkiston” san'at saroyida “Bolalar kitobi” II Respublika festivalining ochilishiga bag‘ishlangan “Kitob – ma'naviyat sarchashmasi” nomli tantanali marosim va shou-konsert tashkil etiladi.
Festival tadbirlariga kirish erkin.