14:36 / 09.09.2015
2517

"Barselona" "Kamp Nou" o‘yingohi nomi o‘zgartirilishi uchun 200 mln yevro olishi mumkin

"Barselona" o‘z uy o‘yingohi "Kamp Nou"ning nomi yaqin 10-15 yil ichida boshqa nomda bo‘lishi evaziga 200 mln yevro ishlab olmoqchi. Bu haqda El Mundo Deportivo xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, kataloniyaliklar bu g‘oya orqali topilgan mablag‘larni stadionning qayta ta'mirlanishi uchun sarflamoqchi.

Biroz oldinroq, bu o‘yingohga "Kamp Nou Qatar Airways" nomi berilishi, "Real"ning uy o‘yingohi esa "Abu-Dabi Bernabeu" deya qayta nomlanishi mumkinligi aytilgandi.

Top