15:13 / 09.09.2015
2293

Bolgariya Rossiya samolyotlariga Suriyaga parvoz qilish uchun koridor ochib berishi mumkin

Bolgariya Suriyaga parvoz amalga oshirayotgan Rossiya samolyotlariga harbiy havo koridori ochib berishga tayyor. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Daniyel Mitov bayonot berdi.
Aytilishicha, buning uchun dastlab samolyotlarda yuk tekshiruvi o‘tkaziladi.

“Agar rossiyalik hamkasblar bu samolyotlar Bolgariya aerodromida tekshiruvdan o‘tkazilishiga qarshi bo‘lmasa, biz parvozlarga ruxsat beramiz”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
2011-2012 yillarda YeI Kengashi qarori bilan Bashar Asad rejimiga muayyan turdagi tovarlarni yetkazib berishga taqiq qo‘yilgan edi. Bu cheklovlarga barcha YeI davlatlari amal qilishi kerak. Shunga qaramay, Bolgariya bu borada Rossiyaga yordam berishini aytmoqda.

O‘z navbatida, Rossiya FVV xalqaro faoliyat departamenti direktori o‘rinbosari Aleksandr Tomashov Rossiya Suriyaga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etishini ma'lum qildi.

Top