20:43 / 09.09.2015
2688

Checheniston sudi 2001 yilda rossiyalik askarlarni o‘ldirgan jangarini 16 yilga ozodlikdan mahrum etdi

Checheniston Oliy sudi Shimoliy Kavkazda faoliyat yuritgan jinoiy guruhning a'zosi Salombek Bachayevni 2001 yilda Rossiya federal kuchlari harbiylarini o‘ldirgani uchun 16 yilga ozodlikdan mahrum etdi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

“Bachayev Maazov, Nagaliyev va Imaliyev ismli shaxslar bilan til biriktirgan holda qurol-aslaha va o‘q-dorilarni o‘g‘irlash maqsadida 2001 yil 1 martda Naur tumani Novoye Solkushino qishlog‘i yaqinida Jidkov, Yeruslanov va Vorontsov ismli harbiylarni o‘ldirgan”, deb aytildi sudda.

Qotillikdan so‘ng voqea joyidan qo‘l pulemyoti va AKS-74 Kalashnikov avtomati, stvol ostiga o‘rnatiladigan granatomyot va o‘q-dorilar o‘g‘irlangan. Jinoyatchilar harbiylarning jasadlarini ko‘mib, o‘g‘irlangan qurol-aslaha va o‘q-dorilarni mahalliy bog‘da berkitib qo‘yishgan. Hukm chiqaruvchilar hay'ati bir ovozdan Bachayevni ayblovning barcha bandlari bo‘yicha aybdor deb topdilar.

Top