Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ishtixonda kadastr xizmati rahbari 500 ming so‘m pora uchun 8 yilga qamalib ketdi
Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Xo‘jalik hisobidagi yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr xizmati” davlat unitar korxonasi boshlig‘i Yormuhammad Saidmurodov poraxo‘rlikda ayblanib qamaldi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, u tumandagi Oqchurog‘osi qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Sherzod Jo‘raqulovdan 6 sotix yer uchun kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga 500 ming so‘m so‘ragan. Jo‘raqulov bu haqda huquq-tartibot idoralariga xabar qilgan, natijada Saidmurodov pora olayotganda jinoyat ustida qo‘lga tushgan.
Sud hukmi bilan u 8 yil 6 oy muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi.
Saidmurodov kadastr xizmati boshlig‘i lavozimini 10 yil davomida egallab kelgan.