00:49 / 09.09.2015
5495

KUN.UZ dayjesti: 8 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 8 sentabr kuni ro‘y bergan eng muhim xabarlarni takroran havoletamiz.

Angren-Pop tarmog‘ining 104 kilometri elektrlashtirildi>>

Mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligi arafasida Angren-Pop temir yo‘l tarmog‘ining 104 kilometrida qurilish va elektrlashtirish ishlari nihoyasiga yetkazilib, ishchi tartibda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. 

Yaponiya O‘zbekistondagi onkologiya klinikasining jihozlanishida ko‘mak beradi>>

Yaponiya hukumati O‘zbekiston Respublika onkologiya ilmiy markazining zamonaviy raqamli mammografik qurilma bilan ta'minlanishida ko‘mak ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan o‘tkaziladigan tadbir 8 sentabrda bo‘lib o‘tadi.

So‘nggi bir kunda Tojikistonda Nazarzodaning 20 tarafdori qo‘lga olindi>>

Oxirgi 24 soat ichida tojikistonlik huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari general Nazarzodaning 20 nafar tarafdorini hibsga oldi, deya xabar bermoqda TASS agentligi. 

KXDR va Koreya respublikasi oktabr oyida ayriliqdagi oilalarni uchrashtiradi>>

Shimoliy va Janubiy Koreya davlatlari 2014 yilning fevralidan buyon ilk marta Koreya yarimorolidagi qarindoshlarning bir-birlaridan ayriliqda yashayotgani muammosiga qaytadi.

Ukraina va Saudiya Arabistoni birgalikda transport samolyoti ishlab chiqarishga kelishib oldilar>>

Ukrainaning “Antonov” aviasozlik korxonasi Saudiya Arabistoni bilan yangi yengil ko‘p maqsadli An-132 transport samolyoti ishlab chiqarishga kelishib oldi, deb xabar bermoqda “UNIAN” agentligi.

Yaponiya bosh vaziri boshqa nomzodlar bo‘lmagan saylovda hukmron partiya rahbarligiga qayta saylandi>>

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe hukmron — Liberal-demokratlar partiyasining rahbarligiga qayta saylandi, deya xabar berdi “Sinxua” agentligi.

“LUKOYL” O‘zbekistonda o‘z loyihalarini moliyalashtirish uchun Korea EximBank bilan muzokaralar olib bormoqda>>

Rossiyaning “LUKOyl” kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z loyihalarini moliyalashtirish uchun Korea EximBank bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Vedomosti” nashriga bergan intervyusida kompaniya rahbari Vohid Alekberov bayonot berdi.

"DXR" Ukrainaga ko‘mir yetkazib berishni to‘xtatdi>>

"2 sentabr kunidan boshlab Ukrainaga energetik ko‘mir yetkazib berilishi to‘xtatildi. Ukraina biz bilan siyosiy doirada munosabat o‘rnatmayapti. Bu esa iqtisodiy munosabatlarga ta'sir ko‘rsatadi", deb ma'lum qilgan DXR transport vaziri Semen Kuzmenko.

«UZREPORT TV» futbol bo‘yicha Angliya chempionati o‘yinlarini translyatsiya qiladi>>

«UZREPORT TV» telekanali Angliya premer-ligasining 2015/2016 yilgi mavsum uchrashuvlarini namoyish qilish huquqini sotib oldi. Bu haqda telekanalda YeChL o‘yinlarini namoyish etish bilan bog‘liq masala yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.

Turkiyada portlatib yuborilgan avtobusda halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi>>

Turkiyada portlatib yuborilgan avtobusda halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Turkiya Iroqqa qo‘shin kiritdi>>

Turkiya quruqlik qo‘shinlari Iroqqa kirib bordi. Bu haqda AR agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, bu KIPga qarshi qisqa muddatli harbiy operatsiya o‘tkazish maqsadida amalga oshirildi.

Putin KXShT kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyasida ishtirok etish uchun Tojikistonga keladi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXShT kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyasida ishtirok etish uchun Tojikistonga keladi. Bu Kreml sayti orqali xabar qilindi.
Tadbirda, undan tashqari, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston vakillari ishtirok etadi.

Putin oktabrda Qozog‘istonga tashrif buyuradi>>

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov Rossiya prezidenti Vladimir Putin oktabrda Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan kelishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “IA Novosti-Kazaxstan” axborot agentligi.

Top