22:52 / 09.09.2015
2660

McDonald's faqatgina qafaslarda boqilmaydigan tovuqlarning tuxumlarini ishlatishni rejalashtirmoqda

McDonald's tez tamaddixonalar tarmog‘i qafaslarda boqiladigan tovuqlarning tuxumidan voz kechishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The New York Times nashri ma'lum qildi. 

Kompaniya yiliga 2 mlrd dona tuxum ishlatadi. Bu miqdor AQShda olinadigan 43,56 mlrd tuxumdan 4 foizni tashkil qiladi. O‘tgan haftada McDonald's nonushtada tortiladigan taomlarni kun bo‘yi sotishini ma'lum qilgandan keyin yanada ko‘proq hajmda tuxum ishlatilishi kutilmoqda. Nashrning ta'kidlashicha, “ozodlikda boqiladigan tovuqlar” AQShdagi barcha tovuqlarning 10 foizini tashkil qiladi va bu McDonald's’ning maqsadlarini 10 yillarga cho‘zib yuborishi mumkin. “Ozodlikda boqiladigan tovuqlar” deganda ko‘p qavatli tizimga ega atrofi o‘ralgan katta maydonlarda erkin holda boqiladigan va o‘tlaydigan tovuq va jo‘jalar tushuniladi.

Bu tovuqlar tuxumlari narxi tutqunlikdagi tovuqlarnikidan qimmatroq turadi. Biroq bunday tuxumlarning narxi parranda grippi epidemiyasi natijasida boshqa tuxumlardan ko‘ra kamroq qimmatlashdi.

Top