Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikadagi shifoxona ishchisi ovqat tayyorlanadigan qozonda cho‘mildi
Meksika shifoxonalaridan birida tasvirga olinib, internetga joylangan video katta mojarolarga sabab bo‘ldi. Rolikda tibbiyot maskani xodimlaridan birining ovqat tayyorlashga mo‘ljallangan qozonda cho‘milgani aks etgan.
Hodisa Puebla shahridagi travmotoliya va ortopediya gospitalida sodir bo‘lgan, deya xabar bermoqda Mirror nashri.
Videoda oq xalat kiyib olgan gospital xodimi qozonga o‘tirgani, so‘ngra uning ustidan hamkasbi cho‘mich bilan suv quygani tasvirlangan. Shundan so‘ng “yuvingan” sanitar qo‘liga katta yog‘och eshkakni olib, go‘yoki qayiqda suzayotgandek harakat qiladi. Bu holni ko‘rgan hamkasblar kulishadi.
Britaniyalik jurnalistlar ma'lumotiga ko‘ra, bir kun ichida video 87 ming marotaba ko‘rilgan. Meksika Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari videorolikdan dahshatga tushib, aybdorlarni qidirishni boshlagani xabar qilindi.
Bunday ko‘rinishdagi qoidabuzarliklar faqatgina Meksikada sodir bo‘lmagan. O‘tgan yili Rossiyaning Omsk shahrida pishloq ishlab chiqaruvchi zavod xodimlarining pishloq ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan sutda cho‘milgani tasvirlangan suratlar katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.