18:08 / 09.09.2015
3112

Migratsiya xizmati: Suriyalik qochqinlar Rossiyaga xavf solmaydi

YeIga kelayotgan suriyaliklar oqimi Rossiyaga xavf solmaydi. Bu haqda Federal migratsiya xizmati rahbari Konstantin Romodanovskiy bayonot berdi.
“Logistika shunday tuzilganki, u Rossiyadan o‘tmaydi”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Romodanovskiyning fikricha, qochqinlar birinchi navbatda Vengriya, Makedoniya va Gretsiyaga qochmoqda. U yerdan ular Yevropaning boshqa davlatlariga o‘tib ketadi.
Romodanovskiy yuqorida tilga olingan davlatlarni Rossiyaning “himoya yostig‘i” deb atadi.

Top