Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:10 / 09.09.2015
5556
1 daqiqa o‘qiladi
Nepalda zilzila qurbonlariga yordam berish uchun borgan amerikalik ayol o‘ldirildi
Nepalda zilzila qurbonlariga yordam berish uchun mamlakatga tashrif buyurgan amerikalik ayol o‘ldirildi. Reuters agentligining ma'lum qilishicha, politsiya ayolning tanasini qidirmoqda.
25 yoshli Daxlia Yyexia 4 avgust kuni Nepalga kelgan edi. Oradan 3 kun o‘tib, u o‘ldirildi, tanasi esa daryoga tashlab yuborildi.
Politsiya ayolni o‘z uyida qabul qilgan pokxaralik erkakni qo‘lga oldi. U qotillikni sodir etganini tan oldi.
Erkak politsiya idorasidan qochish uchun derazadan sakragan edi, ammo u qaytadan qo‘lga olindi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish