19:01 / 09.09.2015
3059

Novosibirsklik fermerlarning O‘zbekistondan mineral o‘g‘it sotib olishi yo‘lga qo‘yiladi

Novosibirsk viloyati gubernatori Vladimir Gorodetskiy O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Akmal Kamalov boshchilik qilgan delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Uchrashuv davomida asosan, Novosibirsk viloyati hokimi hududdagi qishloq xo‘jalik sohasida ishlatish maqsadida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlarni yetkazib berish bo‘yicha masala muhokama qilindi.

Rossiya tomonining ma'lum qilishicha, bu hududdagi qishloq xo‘jaligi sanoatini rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish uchun xizmat qiladi.

Hozirda viloyat gubernatori topshirig‘iga asosan, novosibirlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirib beruvchilar uchun mineral o‘g‘itlarni sotib olishda davlatning qo‘llab-quvvatlashi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Top