07:41 / 09.09.2015
5480

O‘z farzandlarini 5-qavatdan pastga uloqtirib, ularning ketidan o‘zini pastga tashlagan olma-otalik ayol nima bo‘lganini eslay olmayapti

Olma-otada o‘z farzandlari – 8 va 1,5 yoshli ikki qizini 5-qavatdan pastga uloqtirgan ayol nima bo‘lganini eslay olmayapti. Bu haqda uning onasi ma'lum qildi. Bundan tashqari, ayol o‘z qizi va nabiralari bilan oxirgi marta uchrashgani tafsilotlari haqida gapirib berdi.  

“Bu 21 asr kasali – o‘z joniga qasd qilishdan boshqa bo‘lak narsa emas. Bizda bu vaziyatga boshqa hech qanday tushuntirish yo‘q. Men bir necha kun avval qizimning uyida bo‘lgandim, nabiralarim bilan o‘ynadim, ularning hayotida hammasi risoladagidek edi. Biz bunda hech kimni, kuyovimizni ham ayblamaymiz. Mening qizim turmushida hech qanday qiyinchilik ko‘rmagan. Ular o‘zlariga to‘q yashashgan, kuyovim farzandlariga juda g‘amxo‘r edi. Kuyovim umuman juda yaxshi inson. Hech qachon ular orasida nizolar bo‘lmagan. Bugun qizim o‘ziga keldi va nima bo‘lganini eslay olmayapti”, deb aytmoqda halok bo‘lgan Oysha Ulbosin Ilyosqizining buvisi.

Ushbu oila boshlig‘i Sayosat ishlagan Boyken masjidi imomi Qulmuhammad Maxanbet o‘z xodimining fojiadan keyingi ahvoliga izoh berib o‘tdi: “Uning rangida rang qolmagan edi”, deb aytmoqda imom.

“Sayosat bo‘lgan mudhish voqeadan keyin masjidga og‘ir ahvolda keldi. O‘z oilasini yo‘qotgan inson hattoki bazo‘r qadam bosadi. Kecha qizchani dafn etdik. Qizchaning jasadini uning buvisining uyidan chiqardik. Dafn marosimida diniy boshqarma vakillari ham ishtirok etdilar. Biz qo‘limizdan kelgancha Sayosatni qo‘llab-quvvatlaymiz”, deb aytmoqda imom.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning janubiy poytaxtida yashovchi Jadira ismli ayol 1,5 va 8 yoshli ikki qizini 5-qavatdagi uyidan tashlab yuborgan. Shundan so‘ng u o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. 33 yoshli Jadira o‘zini derazadan tashlab yuborgan, ammo tirik qolgan.
8 yoshli Oysha voqea joyida vafot etdi. Jadira 1.5 yoshli qizi bilan reanimatsiyaga yotqizilgan.

Top