18:17 / 09.09.2015
3457

O‘zbek olimi rotatometrning yangi modelini yaratdi

O‘zbek olimi Tog‘ayev Tohir Ro‘ziyevich yangi rotatometr modelini yaratdi. Mazkur model tibbiyot, tibbiy texnika va travmatologiya sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Bu haqda Intelektual mulk agentligi xabar bergan.

Rotatometrning vazifasi bilakning aylanma harakati amplitudasi burchagini o‘lchash aniqligini oshirishdan iborat.

Muallifga ushbu foydali model uchun № FAP 01025 raqamli patent berildi.

Top