10:59 / 09.09.2015
3772

Qirolicha Yelizaveta II boshqaruv davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Britaniya qirolichasi Yelizaveta Ikkinchi 2015 yilning 9 sentabr tunida mamlakat tarixida qirollikni eng ko‘p boshqargan yetakchiga aylanadi. U hukumat tepasida 63 yil, yetti yo va ikki kun turgan o‘zining katta buvisi qirolicha Viktoriya rekordini yangilaydi, deya yozmoqda The Telegraph britan nashri.

Bayram kuni qirolicha o‘z turmush o‘rtog‘i gersog Edinburg hamrohligida poyezdda Edinburgdan Tvidbenkkacha bo‘lgan ikki soatlik sayohatga chiqadi. Sayohatning so‘nggi manzilida, kutilganidek, qirolicha so‘zga chiqib, o‘z fuqarolariga rekord darajadagi muddat davomida unga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik izhor etadi. Shuningdek, qirolicha o‘z katta buvisi Viktoriya xotirasini yodga oladi.

Shu bilan qirolicha ishtirokidagi rasmiy marosim nihoyasiga yetadi. Mamlakatda qirollik rekordi barcha imkoniyatlar ishga solingan holda nishonlanadi. Jurnalistlar reportajlarda qirolichani qutlashadi: qirolicha birinchi marotaba Bukingem saroyi bog‘iga telekameralar qo‘yilib, o‘sha yerdan teletranslyatsiya olib borilishiga ijozat berdi.

9 sentabr kuni britan parlamentining quyi palata yig‘ilishi deputatlar qirolichani qutlashi munosabati bilan yarim soat kechroq boshlanadi. Qirollik 20 funt sterlinglik yangi kollektsion kumush tangalar zarb etiladi. Uning orqa tomonidagi “ung uzun qirollik” degan yozuv ostida Yelizaveta Ikkinchining mamlakatni boshqargan davridagi beshta portreti tasvirlanadi.

Temza bo‘ylab esa qirollikning Gloriana barjasi boshchiligida bayramona kemalar flotiliyasi bo‘lib o‘tadi. Flotiliya Tauer ko‘prigidan o‘tishda jarayon HMS Belfast kemasiga yetganida artilleriya salyutlari otiladi.
Qirolicha Yelizaveta II (Queen Elizabeth II) 1926 yilning 21 aprelida Londonda gersog va gersoginya Yorklar oilasida dunyoga kelgan.

1953 yilning 2 iyun kuni Londonning Vestminster abbatligida Yelizavetaga toj kiydirish rasmiy marosimi bo‘lib o‘tgan.

Top