O‘zbekiston | 18:20 / 09.09.2015
2162
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda energetika rivojiga 900 mln dollar tikiladi

Qoraqalpog‘istonda energetika rivojiga 900 mln dollar tikiladi.
Bu 2015 yilning 29 avgust kuni hukumat tomonidan qabul qilingan “Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, 2015-2018 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini tiklash va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Investitsiyalarning asosiy qismi – 710 mln dollari 2016-2020 yillarda Taxiatosh IESda 230-250 MVt quvvatli ikkita bug‘-gaz qurilmasini tiklashga sarflanadi.
Loyiha “O‘zbekenergo” AJning o‘z mablag‘lari (410 mln dollar) hamda Osiyo taraqqiyot banki krediti (300 mln dollar) hisobiga moliyalashtiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish