00:34 / 09.09.2015
8533

Rossiya bosh vaziri Medvedev Rossiya ittifoqdosh davlatlarda aviabazalar qurishini ma'lum qildi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bo‘yicha ittifoqdosh davlatlarda yangi aviabazalar qurishga tayyorligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Ma'lumki, bunday kelishuvlar va bu kabiy joylashtirishlar xususida gapiradigan bo‘lsak, bizda bunday bazalar Qirg‘iziston, Armanistonda mavjud va bunda hech qanday hayratlanadigan narsa yo‘q. Biz buni biz bilan ittifoqdoshchilik rishtalariga ega davlatlarda Belarus kabi – xoh KXShT, xoh KXShT plyus Ittifoq keshiluvi bo‘lsin, amalga oshirishga tayyormiz”, deb aytdi Medvedev.

Avvalroq Rossiya Belarusda aviabaza qurish qarorini qabul qildan edi.

Top