18:35 / 09.09.2015
3174

Rossiya politsiyasi Moskva viloyatida o‘tkazgan reyd jarayonida 13 ming noqonuniy muhojirni fosh qildi

Rossiyaning Moskva viloyati Orexovo-Zuyevskiy tumanida olib borilgan reyd natijasida politsiya tomonidan 13 ming nafar atrofidagi noqonuniy muhojirlar yashayotgani aniqlandi. Moskva viloyati politsiyasi matbuot xizmatining TASS axborot agentligiga bergan ma'lumotiga ko‘ra, hududdagi noqonuniy muhojirlarni aniqlash bo‘yicha amaliyot 1-9 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, tekshiruvlar jarayonida xorij fuqarolarining gavjum yashash joylari, avtoservislar, umumiy ovqatlanish nuqtalari, savdo rastalari, omborxona inshootlari va avtobazalar ko‘zdan kechirilgan.

“Politsiya xodimlari reyd vaqtida 12974 muhojirga nisbatan turli qonunbuzarliklar, jumladan, Rossiya migratsion qonunchiligining buzilishi yuzasidan ma'muriy dalolatnomalar tuzildi. Qariyb 400 noqonuniy muhojir sud qarori bilan Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuboriladi”, – deya ma'lum qildi matbuot xizmati.

Politsiya, shuningdek, 158ta xonadon egalari tomonidan xorij fuqarolarini ro‘yxatdan o‘tkazish soxtalashtirilganini aniqladi.

Top