17:58 / 09.09.2015
3600

Rossiya Zaxira fondidan 900 mlrd rubl ishlatdi

2015 yilning yanvaridan avgustiga qadar Rossiya moliya vazirligi milliy zaxira fondidan jami 900 mlrd rubl ishlatdi. Bu haqda idora rahbari Anton Siluanov bayonot berdi.

Ushbu summaning 500 mlrd rubllik qismi birinchi yarim yillik davomida sarflangan. Bundan tashqari, milliy farovonlik fondidan 350 mlrd rubl olingan.

“1 sentabr holatiga ko‘ra suveren fondlarimizning umumiy hajmi 9.6 trln rublni, yoki YaIMning 12.9 foizini tashkil qildi”, - Siluanovning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Top