Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:15 / 09.09.2015
20875
1 daqiqa o‘qiladi
Sahroi Kabirda boshlangan qum bo‘roni O‘zbekistongacha yetib keldi
Sahroi Kabirda boshlangan kuchli havo oqimi O‘zbekiston hududiga yetib keldi. Bu haqda “Meteonovosti” agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, Qoraqalpog‘iston hududida shamol tezligi 25 km/soatni tashkil qiladigan qum bo‘roni qayd qilingan.
Qum bo‘roni Yaqin Sharqda Suriya, Iroq, Livan, Isroil, Falastin, Iordaniya va Kipr hududidan o‘tgan. Ayni paytda u Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanidagi Jasliq shaharchasida qayd qilindi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish