Texnologiya | 18:40 / 09.09.2015
2521
1 daqiqa o‘qiladi

Siri xizmati iPhone 6S qurilmalarida doimiy ravishda faollashtirilgan bo‘ladi

iPhone 6S qurilmasidagi qo‘ng‘iroqlar uchun mo‘ljallangan Siri ovozli xizmatini faollashtirish uchun endi qo‘shimcha klavishlarni ishlatish talab etilmaydi, deb yozadi 9to5Mac portali.

Endilikda Siri xizmati kutish rejimida doimiy ravishda ishlab turadi va «hoy, Siri» ovozli buyrug‘ini eshitganidan keyin faol holatda ishlay boshlaydi. Apple kompaniyasining oldingi gadjyetlarida bu xizmatni ishlatish faqatgina quvvatlantiruvchi vosita orqali elektrga ulanganida ishlay olardi. Endilikda bu doimiy ravishda ishlashi ko‘zda tutilgan.

Bu odatda favqulodda holatlarda, asosan qurilmani qo‘lga olishni iloji bo‘lmagan holatlarda qulay xizmat turi sanaladi. Yaqinda Siri xizmatidan foydalanish natijasida amerikalik fuqaroning hayoti saqlab qolingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish