Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport kurashlari: O‘zbekiston vakillari Olimpiada yo‘llanmalarisiz qolmoqda
AQShning Las-Vegas shahrida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kunida ham o‘zbek sportchilari medallar va olimpiadada ishtirok etish huquqini qo‘lga kirita olishmadi.
Kecha, 8 sentabr kuni yunon-rum kurashi bo‘yicha 59, 71, 80 va 130 kg vazn toifalarida musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Yunon-rum kurashi.
59 kg
1) Ismail Borrero Molina (Kuba)
2) Rovshan Bayramov (Ozarbayjon)
3) Almat Kebispayev (Qozog‘iston)
3) Von Chol Yun (Shimoliy Koreya)
5) Arsen Eraliyev (Qirg‘iziston)
5) Soslan Daurov (Belarus)
71 kg
1) Rasul Chunayev (Ozarbayjon)
2) Armen Vardanyan (Ukraina)
3) Knut Zakarias Tallrot (Shvetsiya)
3) Adam Kurak (Rossiya)
5) Timur Berdiyev (Belarus)
5) Mattias Maash (Germaniya)
80 kg
1) Selchuk Chebi (Turkiya)
2) Viktor Sosunovskiy (Belarus)
3) Lasha Gobadze (Gruziya)
3) Yusuf Axmad Gaderian (Eron)
5) Asxat Dilmuxametov (Qozog‘iston)
5) Samat Shirdakov (Qirg‘iziston)
130 kg
1) Riza Kayallp (Turkiya)
2) Mixan Lopes Nunes (Kuba)
3) Aleksandr Chernetskiy (Ukraina)
4) Bilyal Maxov (Rossiya)
5) Sabax Shariati (Ozarbayjon)
6) Robert Smit (AQSh)
Eslatib o‘tamiz, "Orleans Arena" o‘yingohida bo‘lib o‘tayotgan musobaqalarda o‘zbekistonlik olti nafar yunon-rum, besh nafar erkin va ikki nafar xotin-qizlar kurashi ustalari jahon chempionligi hamda olimpiada yo‘llanmalari uchun bahs olib bormoqda.
Bugun, 9 sentabr kuni yunon-rum kurashi bo‘yicha 85 kg gacha vaznli polvonlar o‘rtasida final bahslari bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, xotin-qizlar sporti bo‘yicha 48-53-69 kg gacha vazn toifalarida final bellashuvlari o‘tkaziladi.
Jahon birinchiligi 12 sentabr kuni o‘z nihoyasiga yetadi.