Jahon | 11:49 / 09.09.2015
3298
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya sun'iy yo‘ldoshi Boyqo‘ng‘irdan uchiriladi

Turkiyaning Turksat 4V sun'iy yo‘ldoshi Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchiriladi. Kosmik apparat Boyqo‘ng‘irga olib kelingan, uning parvozi oktabr oyiga mo‘ljallangan.
cableman.ru saytining ma'lum qilishicha, Turksat 4V yo‘ldoshi Mitsubishi Electric – MeLCO (Yaponiya) kompaniyasi tomonidan Turksat Satellite Communication, Cable TV and Operation A.S. (Turkiya) operatori buyurtmasiga asosan ishlab chiqarilgan.

Kosmik apparatning boshlang‘ich massasi taxminan 4.9 tysyachi kg ni tashkil qiladi.
Yo‘ldosh butun Turkiyani teleuzatishlar bilan ta'minlashga qaratilgan. Uning xizmatlaridan Yevropada, Markaziy Osiyoda, Yaqin Sharq va Afrikada ham foydalansa bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish