Jahon | 08:27 / 09.09.2015
1739
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada halok bo‘lgan politsiyachilar soni 15 nafarga yetdi

Turkiyada 15 nafar politsiya xodimi Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilari qurboniga aylandi, deya xabar bermoqda “Sinxua” agentligi.

Mamlakatning Armaniston bilan chegaradosh Igdir provinsiyasida 12 politsiyachi avtobus portlatilishi oqibatida vafot etgan bo‘lsa, 2 politsiyachi Turkiyaning turli qismlarida jangarilar bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda hayotdan ko‘z yumgan. Yana bir qancha kishi jarohatlangan.

Shuningdek, politsiyachilar avtobusi portlatilgandan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan bir kishi vafot etdi.

Mamlakat armiyasidan berilgan axborotga ko‘ra, Xakkyari provinsiyasida Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilar bilan bo‘lgan jangda 16 nafar harbiy ham hayotdan ko‘z yumgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish