12:12 / 09.09.2015
3743

Turkmaniston Qozog‘iston bilan vizasiz rejimni bekor qildi

Turkmaniston Qozog‘iston bilan vizasiz rejimni bir tomonlama tartibda vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi. Mang‘ishloq viloyati davlat daromadlari departamentining ma'lum qilishicha, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning chegara tumanlariga tashrifi munosabati bilan xavfsizlik choralar kuchaytirilgan va vizasiz rejim 12 sentabrga qadar to‘xtatib qo‘yilgan.

Ma'lumki, Mang‘ishloqda yashovchi fuqarolar Turkmanistonning Balqan viloyatiga vizasiz o‘tib qaytishi va qo‘shni davlat hududida 5 kun davomida bo‘lishiga ruxsat berilgan edi. Hafta oxiriga qadar bu qoida to‘xtatib turiladi.

Top