Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Yanukovichga tegishli uy 1,3 mln dollarga sotilmoqda
Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning uyi deyarli 29 mln grivna – 1,3 mln dollarga sotilmoqda, deb xabar bermoqda ushbu uyning sotilishi bilan shug‘ullanayotgan riyeltorga iqtibos keltirgan holda ABCnews nashri.
“Savdo bo‘lmaydi”, deb aytdi riyeltor. Uning aytishicha, uy ta'mirdan chiqmagan va anchagina qo‘shimcha sarmoya talab qiladi. Riyeltor ehtimoliy xaridor topilgani sababli uy vaqtincha ko‘rsatilmayotganini aytdi.Uy Kiyevning nufuzli Obolon tumanida kirish cheklangan shaharchada joylashgan. Uyda hech kim yashamagani va uning ahvoli “quruvchilardan keyingi” ahvolda ekanligi aytilmoqda.
Uyning maydoni 8 sotix bo‘lib, imorati 3 qavatli, umumiy maydoni 1200 kvadrat metrni tashkil qiladi. Kottej ichida sportzal, bir nechta yotoqxona, ishchi xonalar va mehmonlar kutish uchun xonalar bo‘lib, qishki bog‘ va o‘yin xonalaridan iborat mansardaga ham ega.