Sport | 01:06 / 09.09.2015
1844
2 daqiqa o‘qiladi

Xuan Mata: "de Xea uchun ushbu mavsum ham omadli kechishiga shubham yo‘q"

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Xuan Mata jamoa darvozaboni David de Xeaning joriy mavsumdagi shiddati haqida o‘z fikrini ma'lum qildi.

“Men u bilan ko‘p bora suhbatlashdim. U juda ko‘plab og‘ir va asabiy kunlarni boshidan o‘tkazdi. Biroq u doimgidek juda xotirjam va diqqatini bir joyga jamlagan inson bo‘lib qolmoqda. Oxirgi mavsumdan buyon de Xea jamoamizning eng yaxshi o‘yinchi bo‘lib kelmoqda. Uning ishonchli o‘yinlari bizga ko‘plab ochko olib keldi. Joriy mavsum ham u uchun omadli kelishiga shubham yo‘q. Murabbiy, klub yoki muxlislar bilan qandaydir muammolar vujudga kelishiga ishonmayman. Muxlislar uni yaxshi ko‘rishadi, klub va bosh murabbiy unga katta ishonch bildirishmoqda”, – dedi futbolchi.

Avvalroq, yozgi transfer oynasi davomida de Xea Madridning “Real” klubiga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan, o‘z navbatida jamoalar ham kelishuvga erishgan, biroq transfer oynasining yopilguniga qadar barcha hujjatlarni imzolab ulgurishmagani haqida xabar berilgan edi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish