00:52 / 10.09.2015
4912

“Al-Qoida” “IShID”ni tan olmasligini, biroq unga yordam berishini ma'lum qildi

“Al-Qoida” terrorchilik tashkiloti yetakchisi Ayman az-Zavaxiriy “IShID” terrorchilik guruhini tan olmasligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Biz bu xalifalikni tan olmaymiz”, deb aytdi az-Zavaxiriy radikallar tomonidan chop etilgan audiomurojaatda.

Biroq shu bilan birga “Al-Qoida” yetakchisi o‘z tarafdorlarining Suriya va Iroqda “IShID”ga qarshi kurash olib borayotgan AQSh boshchiligidagi koalitsiyaga qarshi kurashishini ma'lum qildi.

Top