21:07 / 10.09.2015
3412

1990-yillarga qaytib yoki Tula viloyatidagi korxonalardan biri o‘z ishchilariga ish haqini g‘ishtlar bilan to‘ladi

Rossiyaning Tula viloyatidagi korxonalardan birida 1990-yillar tajribasiga qaytildi. Bu yillarda ish haqlari bo‘yicha qarzdorlik ishlab chiqariladigan mahsulot bilan hisob-kitob qilingan. “Tulskiye novosti” portalining ma'lum qilishicha, “Sovetskiy zavod stroitelnyx materialov” MChJ ishchilariga ish haqi bo‘yicha qarzdorlikning bir qismini g‘isht mahsuloti bilan to‘lashga qaror qilindi.

Korxonada 2013 yildan beri ish haqi bo‘yicha qarzdorlik to‘planib qolgan. Ayni paytda zavod 186 ishchisiga 4 mln rubl to‘lashi kerak.

Shekino ma'muriyati boshlig‘i Oleg Fedosov ushbu korxonaning qarzlari bo‘yicha vaziyat 2013 yildan beri muhokama qilib kelinganini ma'lum qildi. Ish haqi bo‘yicha qarzdorlikni uzish bo‘yicha boshqarmalararo komissiya yig‘ilishida 900 ming so‘mlik qarz zavodda ishlab chiqariladigan mahsulot – g‘isht ko‘rinishida berilgani ma'lum qilindi.
Ayni paytda zavodda tashqi kuzatuv tartibi joriy qilindi. Zavodning vaqtinchalik boshqaruvchisi Vladimir Ovchinnikovning aytishicha, qarzlar keyingi yilning o‘rtalariga kelib uziladi.

Top